Elektron kitoblar
737 Kitoblar topildi- Tavsiya etilgan
Arxitekturaviy qalamtasvir, rangtasvir va haykaltaroshlik
Mualliflar: Tursunov Sh.Sh.
In Muhandislik va kompyuter grafikasi, Arxitekturaviy qalamtasvir, rangtasvir va haykaltaroshlik
Ushbu o‘quv qo‘llanmada akademik qalamtasvirning nazariy masalalari, hamda o‘quv amaliy topshiriqlarini bajarishda qo‘llaniladigan usul va uslublar nazarda tutiladi. Qo‘llanma 60730100 – Arxitektura (turlari bo`yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan dizayn, landshaft loyihalash yo‘nalishi talabalari va texnikum, kollej va ixtisoslashtirilgan san‘at maktab o‘quvchilari hamda shu sohaga aloqador mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.
- Tavsiya etilgan
“Transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi”
Mualliflar: Fayzullaev E.Z.
In Transport vositalari muhandisligi
Darslikda avtomobil mexanizmi va sistemalarining vazifasi, umumiy tuzilishi, ishlash prinsipi va turlari bayon etilgan.
- Tavsiya etilgan
EKOLOGIYA HUQUQI
Mualliflar: J.T.Xolmo‘minov.
In Mehnat muhofazasi va ekologiya, Ekologiya, Ekologik xavfsizlik, Ekologiyaning huquqiy asoslari
Mazkur darslik ekologiya qonunchiligiga oid so‘nggi o ‘zgartish va qo‘shimchalami inobatga olgan holda tayyorlangan. Unda ekologiya huquqi asoslari tizimli ravishda bayon etilgan, har bir tabiiy resursni muhofaza qilish va undan foydalanishning huquqiy holatiga alohida e’tibor qaratilgan, bu esa ekologiya huquqining o'ziga xos xususiyatlarini ochib bergan.
- Tavsiya etilgan
Chizma geometriya va muhandislik grafikasi
Mualliflar: S.S.Saydaliyev
In Chizma geometriya va muhandislik grafikasi, Muhandislik va kompyuter grafikas
Chizma geometriya fanining asosiy maqsadi fazo va unda joylashgan jismlarning tekis modelini yaratish va bu modellar ustida turli masalalarni echib, ularni fazoga ko‘chirib so‘ngra amaliyotga tadbiq qilish usullarini o‘rgatishdan iborat. «Chizma geometriya» fanining vazifasi esa talabaning fazoviy tasavvurini o‘stirish, jismlarning hosil qilingan tekis tasvirlari bo‘yicha ular orasidagi pozitsion va metrik munosabatlarni tekshirish usullarini o‘rgatish, geometrik, proeksion va mashinasozlik chizmachilik fanlarining qonun-qoidalarini o‘zlashtirishdan iborat.
- Tavsiya etilgan
EKOLOGIYA
Mualliflar: T. Jumayev, T.I. Juraev, A.A.Yadgarov, G.T. Ismailova
In Mehnat muhofazasi va ekologiya
Mazkur o‘quv qo‘llanmada kelajak avlodlarimiz bo‘lgan yoshlarni yetuk ma’naviy shaxs sifatida tarbiyalashda iqtisodiy bilimlar berish bilan birga ekologik ta’lim-tarbiyaga oid bilimlarni shakllantirish, atrof-muhit va tabiiy resurslarga munosabatini yaxshilash, yer-suv masalalari, biologik resurslar va uning muhofazasi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va uning xavfsizlik masalalarini o‘rganish kabi masalalar batafsil bayon etilgan. O‘quv qo‘llanmada oliy ta’lim muassasalarining barcha yo‘nalishlari hamda ekologiya sohasiga qiziquvchi talabalarga ham tavsiya etiladi.
- Tavsiya etilgan
Axborot texnologiyalari
Mualliflar: N.Mallaboyev
In Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari, Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari
Dаrslikdаn оliy о‘quv yurtlаrining iqtisоdiy yо‘nаlish bо‘yiсhа tа’lim оlаyоtgаn tаlаbаlаr, mаgistrаntlаr ilmiy хоdimlаr vа umumаn shu sоhаgа qiziqqаn kеng kitоbхоnlаr оmmаsi fоydаlаnishlаri mumkin.
- Tavsiya etilgan
САНОАТ ЭКОЛОГИЯСИ
Mualliflar: О. Қудратов
In Mehnat muhofazasi va ekologiya, Ekologik xavfsizlik, Ekologiyaning huquqiy asoslari
Мазкур ўқув қўлланмада экология фани ривожланишининг қисқача тарихи Ўзбекистоннинг ҳозирги даврдаги экологик муаммолари, табиатда ўсимлик ва ҳайвонларнинг ўрни, экосистемалар тавсифи, биосфера, атмосфера, гидросфера каби масалалар ёритилган.
- Tavsiya etilgan
Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar
Mualliflar: N.Mallaboyev
In Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari, Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari, Qishloq xo‘jaligida axborot-kommunikasion texnologiyalar, Axborot texnologiyalari, Iqtisodiyotda axborot kommunikasion texnologiyalaar va tizimlar
Dаrslikdаn оliy о‘quv yurtlаrining iqtisоdiy yо‘nаlish bо‘yiсhа tа’lim оlаyоtgаn tаlаbаlаr, mаgistrаntlаr ilmiy xоdimlаr vа umumаn shu sоhаgа qiziqqаn kеng kitоbxоnlаr оmmаsi fоydаlаnishlаri mumkin.
- Tavsiya etilgan
EKOLOGIK ХAVFSIZLIK
Mualliflar: S.GAZINAZAROVA. I.AХMEDOV. B.MUХAMEDGALIYEV. A.ХOJIYEV
In Mehnat muhofazasi va ekologiya
Qo’llanma «Ekologik xavfsizlik» fanining o’quv dasturiga asosan tuzilgan. Qo’llanmada tabiatni maxofaza qilish fanlari, tabiiy muhitning sifatini belgilovchi me’yorlar, ekologik ekspertiza, tabiatni muxofaza qilishdagi tashkiliy masalalar, tabiiy va antropogen xavfli jarayonlar va ularning insonlar hayotiy faoliyat xavfsizligiga ta’siri, ya’ni xavf-xatarlar bilan bog’liq omillar va ularni kamaytirish yo’nalishlari keltirilgan.