Namangan Muhandislik Qurilish instituti Axborot-resurs markazi haqida ma’lumot
Institut Axborot resurs markazi (ARM) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-381 sonli qarori, OO‘MTVning 2006 yil 23 iyundagi 135-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan.
ARM 5 ta bo‘limdan iborat. ARMda 1 ta filial faoliyat olib boradi, ular “Mexrobonlik” MFY ( 20 o‘rinli o‘quv zali) aholiga xizmat qiladi. ARMdan foydalanishda talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun Institutni asosiy 1-2 o‘quv binolarida, Talabalar turar joyi binosida, Namangan shahar, Anorzor ko‘cha , 1- uyda joylashgan 4- binoda,Namangan shahar 8- mart ko‘chasi, 6a-uyda joylashgan 5-binoda, Namangan viloyati Uychi tuman Yorqo‘rg‘on MFYda joylashgan 7- binoda joylashgan binolarda ARM fondidan foydalanish uchun o‘quv zallari joylashgan.
Hozirgi kunda ARM umumiy kitob fondi
10916 nomda, 239076 nusxadan iborat.
Shundan :
darsliklar 1574 nomda 44129 nusxada,
o‘quv qo‘llanmalar 4206 nomda 71875 nusxada,
badiiy adabiyotlar 1840 nomda 32982 nusxada,
ilmiy adabiyotlar 1525 nomda 4633 nusxada,
boshqa adabiyotlar 1485 nomda 81104,
xorijiy adabiyotlar 286 nomda 4353
ARMda 60 o‘rinli yangi oxirgi rusumdagi monoblok bilan jihozlangan Elektron kutubxona faoliyat ko‘rsatib, elektron adabiyotlar bazasi muntazam boyitib borilmoqda. 9976 dan ortiq elektron adabiyotlar, 337 ta elektron o‘quv uslubiy majmualar va 162 ta monagrafiyalar institut elektron kutubxona kompyuterlariga hamda tizim.nammqi.uz elektron-kutubxona saytiga shuningdek NamMQI_Elektron kutubxona telegram kanallariga joylashtirilib kelinmoqda. Institutda QR kodli kitob javoni ham ishga tushirilgan. Bulardan tashqari 175 nomda 206 dan ortiq CD/DVD disklar mavjud. Adabiyotlarni elektron shaklidan foydalanish uchun qulaylik bo‘lishi uchun “Elektron kutubxona” platformasi shakllantirilmoqda. Platformaga adabiyotlarni elektron shaklini kiritish noyabr oyigacha davom etadi.
Har bir o‘quv binolari wifi zonasiga ulangan bo‘lib, bundan elektron o‘quv zallarida professor-o‘qituvchilar talabalar foydalanishlari uchun 90 ta internet tarmog‘iga bog‘langan kampyuterlar mavjud.
ARMga 10966 nafar kitobxon a’zo bo‘lib, shundan 499 nafar professor- o‘qituvchi, 7298 nafar talabalar, 47 nafar ishchi xodimlar, magistr va doktarantlar 93 nafar, 3029 nafar boshqa kitobxonlarni tashkil etadi.