Elektron kitoblar
735 Kitoblar topildi- Tavsiya etilgan
Iqtisodiyot nazariyasi.
Mualliflar: Т.Жўраев, Д.Тожибоева
Mazkur qo‘llanma iqtisodiyotni nazariy jihatdan o‘rganishda jahon tajribasidan kelib chiqib, iqtisodiy kategoriyalar, bozor iqtisodiyotining qonuniyatlari, amal qilish mexanizmi, iqtisodiy jarayonlar dinamikasini o‘zlashtirishni yengillashtirish, fanning mazmunini chuqurroq tushunishga yordam berish maqsadida tayyorlangan. Qo‘llanmada iqtisodiyotdagi asosiy masalalar, muammolar, yetakchi nazariymaktablar, yo‘nalishlar va ularning namoyandalari fikrlari, konsepsiyalari hisobga olingan. Unda iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘quv dasturda o‘rganish ko‘zda tutilgan barcha mavzulari qamrab olingan.
- Tavsiya etilgan
Korxona iqtisodiyoti
Mualliflar: M.Isakov, O.Aripov, R.Botirova, I.Soliyev, B.Xolmatov, E.Jo’rayev, U.Xolmirzayev.
In Iqtisodiyot kafedrasi, Korxona iqtisodiyoti, Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari
Ўқув қўлланма “Корхона иқтисодиёти” фани дастурига мувофиқ тайёрланган бўлиб, унда корхона иқтисодий фаолияти билан боғлиқ жараёнлар, корхонани ташкил этиш ва фаолиятини тўхтатиш, корхонани бошқариш, корхона фаолиятини режалаштириш ва прогнозлаш, ишлаб чиқаришнинг ижтимоий ва иқтисодий самарадорлиги, корхонанинг иқтисодий хавфсизлигини таъминлаш ва тижорат сирини ҳимоя қилиш масалалари ёритиб берилган.
- Tavsiya etilgan
Industrial iqtisodiyot.
Mualliflar: Ortiqov.A, Isakov. M.
O‘quv qo‘llanmada «Industrial iqtisodiyot» fanining predmeti va vazifalari, iqtisodiyotning eng muhim, yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoatning milliy iqtisodiyotdagi roli, o‘rni va ahamiyati, tarkibiy muammolar, boshqarish va rejalashtirishning ilmiy asoslari, fan-texnika taraqqiyoti, kadrlar va mehnatga haq to‘lash, asosiy va aylanma fondlar, mahsulot sifati va raqobatbardoshlik, qiymat va tannarx, foyda, rentabellik hamda Respublikada sanoat korxonalarini mahalliylashtirish dasturi, uning mazmun-mohiyati masalalari yoritilgan. Qo‘llanmada shuningdek, uslubiy masalalar va sanoat sohasida yuz beradigan iqtisodiy jarayonlarning mohiyatini ochib berishga alohida e’tibor qaratilgan.
- Tavsiya etilgan
Empirik iqtisodiyot
Mualliflar: U.V.G‘afurov, Q.B.Sharipov, X.Rejapov, D.S.Salayev.
O‘quv qo‘llanma 5A230101- Iqtisodiy nazariya mutaxassisligi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi.
- Tavsiya etilgan
Меҳнат бозори иқтисодиёти
Mualliflar: Холмўминов Ш.Р
Ushbu darslikda «mehnat bozori» tushunchasi, uning tarkibiy qismlari, elementlari, segmentlari, shakllanishi, tartibga solinishi, rivojlanishi batafsil bayon qilingan; mehnat bozorining shakllanishi varivojlanishini tahlil etish va istiqbollashtirishda qoʻllaniladigan zamonaviy balans, marketing, sotsiologiya va ekonometrika usullari aks ettirilgan.
- Tavsiya etilgan
Меҳнат иқтисодиёти
Mualliflar: Абдурахманов Қ
Мазкур дарсликда стратегик тараккиётнинг ривожланиш жараёнида шаклланаётган инновационва«ракамли иктисодиёт» дагимехнатмуносабатлари, мехнат бозорихусусиятлари, иш билан виртуал бандлик хамда масофада туриб ишлаш, иш билан бандликнинг бекарор шакллари ва бошка усуллари, хар бир оиланинг тадбиркор булиши, мамлакатда мажбурий мехнатга бархам бериш, мехнатга булган рагбат, мотивация ва иш хаки, «аклли иктисодиёт», «истеъмол саватчаси», «муносиб мехнат» каби энг замонавий тушунчалар ёритилган.
- Tavsiya etilgan
Инновацион иқтисодиёт
Mualliflar: Алиев Й. Э.
In
O‘quv qo‘llanma namunaviy o‘quv dasturi asosida tayyorlangan bo‘lib, oliy o‘quv yurti talabalari uchun mo‘ljallangan.
- Tavsiya etilgan
Avtomobillarning elektr va elektron jixozlari Toshkent Istiqbol 2011 yil.
Mualliflar: G’.Maxmudov
Darslik «Transport vositalarini ishlatish va ta‟mirlash, «Yer usti transport tizimlari», «Elektrotexnika, eltromexanika va elektrotexnologiyalar», «Atrof muhit himoyasi» va «Kasbga o„qitish» (Transport vositalari bo„yicha) bakalavr tayyorlash yo„nalishlari bo„yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo„ljallangan.
- Tavsiya etilgan
Neft mahsulotlarini tashish va saqlash
Mualliflar: S. K. Kamolov, M. Bo‘ronov
In Muhandislik-kommunikatsiyalari qurilishi va montaji
«Neft mahsulotlarini tashish va saqlash» fanining o‘qitish dasturiga muvofiq «Neft va gaz ishi» yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari talabalari uchun ilk bor davlat tilida yozilgan ushbu o‘quv qollanmada neft, gaz va neft mahsulotlarini tashishda foydalanilayotgan hozirgi zamon texnika vositalari, ular orqali mahsulotlami tashish texnologik jarayonlari va sharoitlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek,neft-gaz omborlari, ularning qurilmalari, saqlash sharoitlari, tashish va saqlash tizimida atrof-muhitning ifloslanishini kamaytirish tadbirlari bayon qilingan.